Azondagi kalimalar
Assalamu alaykum! Ustozlar savolim quyidagicha : Azon aytilayotganda azon kalimalari takrorlanib turiladi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning ismlari zikr etilganida ba’zilar salovat aytadi. Lekin kitoblarda azonning so‘zlari takrorlanishi buyurilgan ekan. Nega salovat emas? Qaysi holat shariatga muvofiq?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rosululloh sollallohu alayhi vasallam muborak hadislarida azon aytilayotganda azon kalimalarini takrorlab turishga buyurganlar.
عَنْ عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِذَا قَالَ الْمُؤَذِّنُ اللهُ أَكْبَر، اللهُ أَكْبَر، فَقَالَ أَحَدُكُمُ: اللهُ أَكْبَر، اللهُ أَكْبَر، ثُمَّ قَالَ: أَشْهَدُ أَنْ لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ، قَالَ: أَشْهَدُ أَنْ لَاَ إِلَهَ إِلَّا اللهُ، ثُمَّ قَالَ: أَشْهَدُ أَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللهِ، قَالَ: أَشْهَدُ أَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللهِ، ثُمَّ قَالَ: حَيَّ عَلَى الصَّلَاةِ، قَالَ: لَا حَوْلَ وَلَا قُوَّةَ إِلَّا بِاللهِ، ثُمَّ قَالَ: حَيَّ عَلَى الْفَلَاحِ، قَالَ: لَا حَوْلَ وَلَا قُوَّةَ إِلَّا بِاللهِ. ثُمَّ قَالَ: اللهُ أَكْبَر، اللهُ أَكْبَر، قَالَ: اللهُ أَكْبَر، اللهُ أَكْبَر، ثُمَّ قَالَ: لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ، قَالَ: لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ، مِنْ قَلْبِهِ دَخَلَ الْجَنَّةَ». رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ ، وَالنَّسَائِيُّ، وَابْنُ خَزُيْمَةَ.
Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh solallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Birorta (eshitganingiz) muazzin «Allohu akbar, Allohu akbar» deganda «Allohu akbar, Allohu akbar» desa; «Allohu akbar, Allohu akbar» deganda, «Allohu akbar, Allohu akbar» desa; «Ashhadu allaa ilaaha illalloh» deganda «Ashhadu allaa ilaaha illalloh» desa; «Ashhadu anna Muhammadan Rasululloh» deganda «Ashhadu anna Muhammadan Rasululloh» desa; so‘ng «Hayya ’alas-solah» deganda «Laa havla, va laa quvvata illaa billah» desa; «Hayya ’alal falah» deganda «Laa havla, valaa quvvata illaa billah» desa; so‘ng «Allohu akbar, Allohu akbar» deganda «Allohu akbar, Allohu akbar» desa; «Laa ilaaha illalloh» deganda chin dildan «Laa ilaaha illalloh» desa, jannatga kiradi».
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh taoloning payg‘ambari, ummatga shariatni etkazguvchisidirlar. U zotning har bir aytgan so‘zlari Allohning vahiysidir. Bunga misol Alloh taolo “Najm” surasida :
U havodan nutq qilmas.
Ya’ni sizning adashmagan va yo‘ldan ozmagan sohibingiz Muhammad alayhissalom Allohning nomidan gapirganida havodan olib gapirmaydi. Aksincha, u zot, Alloh menga nozil qildi, deb aytayotgan:
4. U (Qur’on) yuboriladigan vahiydan o‘zga narsa emas.
Din dushmanlari: «Muhammad o‘zi xayoliga kelgan gapini gapirib, «Menga xudodan xabar keldi», deb, bizni laqillatyapti, o‘zining obro‘sini o‘ylab, hiyla qilyapti, Qur’on degan narsasi xudodan kelgan xabar emas, balki o‘zi to‘qigan gapdir» deganga o‘xshash tuhmat-bo‘htonlar qilishar edi. Yuqoridagi oyati karimalar bunday kufroniy qarashlarga raddiya sifatida nozil qiliingandir.
Demak, Qur’oni Karim Alloh nozil qilgan vahiydan o‘zga narsa emas. U avvalidan oxirigacha Allohning kalomi, Muhammad alayhissalom ham, Jabroil farishta ham biror harfini o‘zgartirishga haqli emaslar. Hech kim biror harfini o‘zgartira olmaydi, o‘zgartirgan ham emas.
Havodan nutq qilmas» degan gapning ma’nosini qanday tushunmoq kerak? Qur’on to‘g‘risida uning uzil-kesil ma’nosiyu so‘zlari, hatto harflari ham Allohniki ekani aytildi. Hadis (Nabiy alayhissalomning so‘zlari) – ma’nosi Allohdan, iborasi Muhammad alayhissalomdan bo‘lgan ko‘rsatma-xabarlardir. Ammo baribir, iboralari Qur’ondan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
Imom Ahmad ibn Hanbal qilgan rivoyatda Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu bunday deganlar: «Nabiy alayhissalomdan nimani eshitsam, yodlayman, deb yozib yurardim. Quraysh qabilasidagilar:
«Sen Nabiy alayhissalomdan nimani eshitsang, yozib olasan, u kishi ham odam, achchiqlari chiqqanda ham gapiradilar», – deyishgan edi, yozmay qo‘ydim. Bir kuni bu ishni Rasulullohga aytgan edim, u kishi:
«Yozaver, Allohga qasamki, mendan haq gapdan boshqa gap chiqmaydi», – dedilar».
Yana Imom Ahmad Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar: «Nabiy alayhissalom:
– Men haqdan boshqani gapirmayman, – deganlarida ba’zi sahobalar:
– Ey Allohning Rasuli, bizga hazil-mutoyiba qilasiz-ku? – deyishdi. Ul zot yana:
– Albatta, men haqdan o‘zga gapni aytmayman, – dedilar».
Ul zoti bobarakotning hazillari ham haq bo‘lardi. Hazil deb, kuldirish maqsadida u zot nohaq iboralarni ishlatmasdilar. Misol uchun, bir kuni qari kampir kelib:
– Ey Allohning Rasuli, shoyadki, jannati bo‘lsam, – debdi. Shunda Nabiy alayhissalom:
– Kampirlar jannatga kirmaydi, – debdilar. Ayol yig‘lay boshladi. Keyin unga «Jannatga qari holda kirilmaydi, hamma o‘ttiz uch yoshli bo‘lib kiradi», deb tushuntirilgach, xursand bo‘lgan ekan.
Bu hodisaga «Xurmoni changlatish» nomi bilan mashhur hodisani qo‘shsak, to‘liq tasavvur paydo bo‘ladi. Sahih rivoyatlarda kelishicha, bir kuni Payg‘ambar alayhissalom Madinai Munavvaradagi xurmo bog‘laridan birining yonidan o‘tib ketayotsalar, odamlar xurmo daraxtlari ustida nimalardir qilishayotgan emish.
– Ular nima qilishyapti? – deb so‘rabdilar.
– Xurmoni changlatishyapti, shunday qilsa, hosil mo‘l bo‘ladi, – deb javob qilishibdi. Payg‘ambar alayhissalom «Alloh bersa, shundoq ham mo‘l bo‘laveradi» degan ma’noda so‘z aytibdilar. Bog‘bonlar mazkur so‘z ta’sirida changlatishni tark qilibdilar. Yilning oxiriga kelib, hosil mo‘l bo‘lmabdi. Kishilar bu xabarni Payg‘ambar alayhissalomga aytishgan ekan, u zoti bobarakot:
– Men sizlarning diningizda bir gap aytsam, to‘laligicha qabul qilinglar, dunyo ishlarida siz o‘zingiz biluvchiroqsiz, – debdilar.
Shundan kelib chiqib, ulamolar aytadilarki, Payg‘ambar alayhissalom diniy hukmlar borasida o‘zlaridan gapirmaganlar. Tajriba, inson mahoratiga bog‘liq ishlarda o‘zlaridan gapirganlar.
Endi Nabiy alayhissalomga vahiy keltiruvchi farishta Jabroil alayhissalomning sifatlari zikr qilinadi. Chunki Qur’onni inkor qiluvchilarni lol qoldirishda bu ham katta dalildir.
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam nimaga buyurgan bo‘lsalar, o‘shanga amal qilish bizning vazifamiz. U buyruqlarga o‘zimiz tarafimizdan biror narsani qo‘shishga ham, kamaytirishga ham haqqimiz yo‘q. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 16:12 | Савол-жавоблар | 177 | Namoz