Namozga kech qolganda

Assalomu alaykum! Ushbu savolni berganimda "Jamoat namoziga ulgurib kelgan odam imomni sajdada yoki avvalgi qadada topsa, takbirni aytib quloq qoqib tikka turgan holatda imomni kutib olishi mumkunmi yoki ularga qo‘shilishi shartmi? Savoldagi hato va kamchiliklar uchun uzr so‘rayman. Javobingiz uchun kattadan katta rahmat". Quydagi javobni berdingiz Va alaykum assalom! Imom sajda yoki qa’dada topsa takbirni aytib sano o‘qiydi. So‘ng imomga qo‘shilib ketadi. Mabodo tik turgan holatda imomni kutib tursa ham namozi buzilmaydi. Shu o‘rinda keyin kelgan kishining sano o‘qishi haqida ma’lumot bersak. Kech qolib kelgan kishi ikki holatda ya’ni imom jahriy qilayotgan vaqtda hamda ruk’uda turgan holda kelsa, takbirni aytib sano o‘qimaydi. Boshqa barcha o‘rinlarda takbir aytib namozga qo‘shilganida sano o‘qiydi, so‘ng imomga qo‘shilib namozni ado qiladi. Vallohu a’lam. Bu erda imom sajdada bo‘lsa takbirni aytib sajdada sanoni o‘qiydimi yoki tashahhudga o‘tirganidami? Takbir aytib namozga kirganda imomga ergashish vojib bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Takbirni aytib tik turgan holatida sanoni o‘qiydi. Imomga ergashish sanodan keyin bo‘ladi. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:13 | Савол-жавоблар | 184 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar