Burundan oqqan qon

Assalamu alaykum! Ustozlar Allohim jonlaringizni omon qilsin. Savol hozir yoz payti bo‘lgani uchunmi, yoki ishlaganim uchunmi tahorat olayotgan paytimda burnim qonab ketadi, keyin men yana boshqatdan tahorat olaman. Bu holat hozirgi paytda ko‘p bo‘lib turibdi. Shu holat doimiy bo‘lsa tahoratni boshqadan olmasam bo‘ladmi yoki qonni to‘xtatib tahoratni boshqattan olib yurganim yaxshimi? Savolim takroriy yoki noo‘rin bo‘lsa uzr so‘rayman. Oldindan katta rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har bir farz namoziga qonni to‘xtatib yangi tahorat olasiz. Qolgan namozlarga esa sohibi uzr masalasiga qarang.https://fiqh.uz/index.php/ibodat/toharat-poklik/586-so-ibi-uz 
Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:13 | Савол-жавоблар | 157 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar