Ali roziyallohu anhu

Assalomu alaykum! Kecha bir kitobda “Ali roziyallohu anhu Xadija roziyallohu anho onamizdan keyin va sahoba Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan avval iymon keltirgan, lekin otasidan qo‘rqib iymonini oshkora qilmagan”, deyilgan ekan. Shu ma’lumot haqiqatga qanchalik yaqin. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga birinchi bo‘lib iymon keltirgan sahoba Xadija onamiz ekani haqida barcha ulamolar yakdildir. Ammo u kishidan keyin Abu Bakr, Aliy va Zayd ibn Horisa roziyallohu anhumlarning iymon keltirish tartiblari haqida esa ixtilof bor, ya’ni har xil ma’lumotlar mavjud. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:13 | Савол-жавоблар | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar