Shariatga muvofiq ism

Assalamu alaykum! Insha Allox yaqinda uchinchi farzandimiz dunyoga kelish arafasida. Alloh o‘g‘il yoki qiz farzand nasib qilishiga qarab ismini shariatimizga muvofiq qilib qo‘yish niyatidamiz. Ammo oldingi 2 farzandlarimiga qo‘yilgan imslar haqida so‘ramoqchi edim. Ya’ni o‘g‘limizga Ilhomjon deb, qizimizga Mohinur deb ism qo‘yganmiz. Shu qo‘yilgan ismlar haqida fikrlaringizni bilmoqchi edim. Agar o‘zgartirish kerak bo‘lsa insha Alloh o‘zgartiramiz. Oldindan rahmat.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo O‘zining do‘stlarini hidoyatga boshlash va qalblarni hotirjam qilish uchun ularning qalbiga soluvchi narsani “ilhom” deyiladi. “Mohinur” degani fors tilida oyning nuri degani. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:13 | Савол-жавоблар | 159 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar