Namoz va tilovat

Assalamu alaykum! Aziz ustozlar. Meni anchadan beri bir savol qiynaydi. Savol quydagicha men qishloq joyda yashayman, bir kun tongda bomdod namozidan keyin bir hamqishlog‘imiz kelib “falonchi odam dunyodan o‘tdi qabr kavlashga borasan” deb ketdi. Men “xo‘p” deb bordim, lahadni kavladik, maytni qabrga qo‘yib uyga qaytib kelsam, dadamlar “yuvinib bo‘lganingdan keyin ikki rak’at namoz o‘qib Qur’on tilovat qilib, o‘sha o‘tgan marhumga savobini bag‘ishla” dedi. Men shunday qildim. Lekin keyin o‘ylanib siz azizlardan so‘rashni jazm qildim. Savolim noo‘rin bo‘lsa uzr. Allohim sizu bizdan rozi bo‘lsin 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday qilish nojoiz emas. Lekin buyurilgan ishlardan ham emas. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:15 | Савол-жавоблар | 148 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar