Qur’on audiosi
Assalomu alaykum! Hozirgi kunda Qur’on suralari yozib olingan audio fayllar internet sahifalarida juda ham ko‘p. Shunday audio fayllarni ko‘chirib eshitib yursa bo‘ladimi? Ularni tahoratsiz holda tinglasa ham bo‘ladimi? Tik turib yurib eshitsachi? Men shu tarzda ya’ni Qur’on suralarini eshitib Qur’onni yodlasam bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1. Muallif tarafidan ko‘chirib olishga ruxsat berilgan bo‘lsa, joiz. 2. Tahoratsiz holda Qur’onni ushlamasdan o‘qish va eshitish joiz. Faqatgina junub holatdagina Qur’onning tilovati joiz emas. 3. Tik turib va yurib eshitishlikda ham karohiyat yo‘q. 4. Biror mutaxssis odamga bir marta tekshirtirib olganingizdan keyin yodlasangiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki xato yodlab olishingzning ehtimoli bor. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 16:18 | Савол-жавоблар | 149 | Turli savollar