Uvays al-Qaroniy hazratlari
Assalamu alaykum! Uvays al-Qaroniy hazratlari haqida ma’lumot bilmoqchi edim. U kishini “Rosululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida yashaganlar” deyishadi shu rostmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ushbu satrlar qahramoni Uvays al Qaroniy roziyallohu anhu Yamanlik solih kishi bo‘lganlar. U kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga U zotning hayotliklarida iymon keltirganlar. Ammo U zotni ko‘ra olmaganlar. Shuning uchun sahobiy bo‘la olmay, tobe’in bo‘lganlar. Umar ibn Xattobdan rivoyat qilinadi: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Albatta, tobe’inlarning yaxshisi Uvays deb ataladigan kishidir. Uning volidasi bor. Unda oqliq bor edi. Unga amr qilinglar. Sizlarga duo qilsin», dedilar». Muslim rivoyat qilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari ko‘rmagan odam haqida axborotlar berishlari mo‘’jizadir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalarga Uvays al Qaroniy roziyallohu anhuning duolarini olishga targ‘ib qilishlari u kishining fazllariga dalolat qiladi. Usayr ibn Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Ahli Ko‘fa Umarning oldiga hay’at bo‘lib keldilar. Ularning ichida Uvaysni masxara qiladigan bir kishi bor edi. Bas, Umar: «Bu erda qaroniylardan birorta bormi?» dedi. Haligi odam keldi. Bas, Umar unga: «Batahqiq, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, sizga Yamandan bir odam keladi. Uni Uvays deydilar. Yamanda bittagina onasidan boshqani qoldirmagan bo‘ladi. Unda oqlik bor edi. Bas, Allohga duo qilgan edi. Undan o‘shani ketkazdi. Faqat bir dinorcha yoki dirhamcha joy qoldi, xolos. Sizdan kim unga yo‘liqsa, bas u sizlarga istig‘for aytishini so‘rasin, dedilar», dedi». Muslim rivoyat qilgan. Uvays al Qaroniy roziyallohu anhu xokisor odam bo‘lgan ekanlar. U kishi o‘zlarini juda ham kamtarona tutganlaridan ko‘pchilik e’tibor ham bermas ekan. Ba’zi birlar esa masxara ham qilar ekan. Ushbu rivoyat ham o‘sha Uvays al Qaroniy roziyallohu anhuni masxara qiladiganlardan birining sababidan vorid bo‘lgan ekan. «Ahli Ko‘fa Umarning oldiga hay’at bo‘lib keldilar. Ularning ichida Uvaysni masxara qiladigan bir kishi bor edi». Umar ibn Xattob roziyallohu anhu xalifaliklari vaqtida u kishining oldilariga turli viloyatlarning hay’atlari kelib turar edi. Mana, Ko‘fadan o‘sha hay’atlardan biri Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning qabullariga kirdilar. Hay’t a’zolari bilan tanisha turib: «Bas, Umar: «Bu erda birorta qaroniylardan bormi?» dedi. Haligi odam keldi». Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning savollaridan keyin haligi Uvays al Qaroniy roziyallohu anhuni masxara qilib yuradigan odam keldi. «Bas, Umar unga: «Batahqiq, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, sizga Yamandan bir odam keladi. Uni Uvays deydilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kelajakda bo‘ladigan narsadan xabar bergan ekanlar. U zot Uvays al Qaroniy roziyallohu anhuni Yamandan Hijozga kelishlarini avvaldan aytib qo‘ygan ekanlar. Bu Uvays al Qaroniy roziyallohu anhuning fazllaridan dalolatdir. «Yamanda bittagina onasidan boshqani qoldirmagan bo‘ladi». Demak, Uvays al Qaroniy roziyallohu anhu onasidan boshqa hech kimi yo‘q zot ekanlar. Qarindosh- urug‘, bola-chaqa degan gaplar yo‘q ekan. «Unda oqlik bor edi. Bas, Allohga duo qilgan edi. Undan o‘shani ketkazdi. Faqat bir dinorcha yoki dirhamcha joy qoldi, xolos». Bundan Uvays al Qaroniy roziyallohu anhuda pes kasali bo‘lgani chiqadi. Ammo u kishi duosi qabul bo‘ladigan kishilardan edilar. Shuning uchun duolari bilan hatto tuzalmas kasallardan bo‘lgan pes kasali ham tuzalgan ekan. Faqat ozgina joyi Alloh iroda qilgan hikmatga binoan qolgan ekan. «Sizdan kim unga yo‘liqsa, bas u sizlarga istig‘for aytishini so‘rasin, dedilar». Uvays al Qaroniy roziyallohu anhuning fazllari shu erda yana bir bor namoyon bo‘lmoqda. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sahobalarga Uvays al Qaroniy roziyallohu anhudan duo so‘rashga amr qilmoqdalar. Usayr ibn Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Umar qachon unga Yamandan madad kuchlari kelsa: «Ichingizda Uvays ibn Omir bormi?» deb so‘rar edi. Oxiri u Uvaysni topdi va: «Sen Uvays ibn Omirmisan?» dedi. «Ha», dedi. «Muroddan, keyin Qarondanmisan?» dedi. «Ha», dedi. «Senda peslik bo‘lib, undan tuzalgansanu faqat bir dirhamcha joy qolganmi?» dedi. «Ha», dedi. «Volidang bor-a?» dedi. «Ha», dedi. «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning, sizlarga Yaman ahli madad kuchlari ichida Uvays ibn Omir keladi. U Muroddan, keyin Qarondandir. Unda peslik bor edi. Undan tuzalganu faqat bir dirhamcha joy qolgan. Uning volidasi bor. Unga yaxshilik qiladi. U agar Allohga qasam ichsa, U zot uning qasamini bajo qiladi. Agar undan senga istig‘for aytishini so‘ray bilsang, undan istig‘for aytishini so‘ra, deganlarini eshitgan edim. Menga istig‘for ayt», dedi. Bas, u istig‘for aytdi. Umar unga: «Qaerga borishni istaysan?» dedi. «Ko‘faga», dedi. «U erning omiliga maktub yozib beraymi?» dedi. «Zaifhol odamlar ichida bo‘lmog‘im men uchun mahbubdir», dedi. Kelasi yili ularning ashroflaridan bir kishi hajga keldi. Umar undan Uvays haqida so‘radi. «Uni uyi sochilgan, matohi oz holda tark qilib keldim», dedi. Umar unga mazkur hadisni eshittirdi. Haligi odam qaytgandan so‘ng Uvaysning oldiga bordi va: «Menga istig‘for ayt», dedi. «Sen endigina solih safardan kelding. Sen menga istig‘for ayt», dedi. «Menga istig‘for ayt», dedi. So‘ngra bir oz turib: «Umarga uchradingmi?» dedi. «Ha», dedi. Shunda Uvays unga istig‘for aytdi. Odamlar uning kimligini bilib qoldilar. Shunda u boshini olib chiqib ketdi». Muslim rivoyat qilgan. Haqiqiy valiylar shundoq bo‘ladilar. Ular o‘z fazllarini ommadan berkitadilar. Uvays al Qaroniy roziyallohu anhu ham o‘shalardan edilar. Odamlar u zotning valoyatlarini bilib qolganlaridan keyin boshlarini olib, cho‘lu sahrolarga chiqib ketganlar. Alloh taolo Uvays al Qaroniy roziyallohu anhudan rozi bo‘lsin! Abdulloh ibn Abu Jad’o roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam : “Ummatimdan bir kishining shafoati tufayli Banu Tamimdan ko‘proq bo‘lgan kishilar jannatga kiradilar” deganlar. (Termiziy rivoyati). Hasan Basriy rohimahulloh : “O‘sha shafoat qiluvchi kishi Uvays al Qaroniydir” deganlar. Abu Nua’ym “Hilyatul avliyo” kitobida Uvays al Qaroniy haqlarida quyidagilarni aytgan : “Kech kirganda Uvays al Qaroniy : “Bu kecha ruk’u qilish kechasi” der va tong otguncha ruk’uda turar edi. Ertasi kuni yana kech kirgach : “Bu kecha sajda kechasi” der va tong otguncha sajdada bo‘lar edi. Har kun kech payt bo‘lganda uyidagi taom va kiyimdan ortiqchasini sadaqa qilar, so‘ng : “Allohim kim ochidan vafot topgan bo‘lsa, u tufayli meni javobgarlikka tortmagin va kim kiyimsizlikdan vafot topgan bo‘lsa, u tufayli meni javobgarlikka tortmagin” der edi”. Ko‘p ahli ilmlar “Uvays al Qaroniy hijriy 37-yil Siffiyn jangi kunida vafot topgan” deyishadi. Bu gapni imom Hokim Sharik ibn Abdulloh va Abdurrohman ibn Abu Laylo va boshqalarga nisbatini bergan. Yana boshqalar Ozarbayjonni fath qilish vaqtida o‘sha erda vafot topgan deyishadi. (Hilyatul avliyo). Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 16:19 | Савол-жавоблар | 197 | Turli savollar