Masjidlarga ehson

Assalamu alaykum! Hurmatli ustozlar. Ehsonni ham keragidan ortig‘i bo‘ladimi? Demoqchi bo‘lganim, men namoz o‘qigani boradigan masjidga bir inson suv purkaydigan 10 katta vintelyatordan ehson qildi. Ularni masjid uchun oshib ketsa 3-4 tasi kerak bo‘ladi xolos. Qolgani foydalanilmay turaveradi. Bizning shaharda 4 katta masjid bor, shularga bo‘lib ehson qilganida savobi ko‘proq bo‘larmidi? Javob uchun oldindan rahmat. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz o‘ylagan fikr ham to‘g‘ri. Shariatimiz beriladigan zakot va fidyalarni joyini topib berishga qattiq targ‘ib qilgan. Hatto zakotni ado bo‘lish shartlaridan biri deb belgilab ham qo‘ygan. Nafl sadaqotlar ham shunday bo‘lishi kerak. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:19 | Савол-жавоблар | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar