Zakotni berish

Assalamu alaykum! Shahrimiz kasalxonasining bolalar bo‘limi nochor holda ekan. Ta’mirlash va jihozlariga mablag‘ tomonida yordam berilsa, zakot hisobiga o‘tadimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat!

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Zakotni masjid, ko‘prik, suv ombori qurishga, yo‘llarni tuzatishga, kanal qazishga, zakot egasining haj qilishiga, turli safarbarliklarga sarflash mumkin emas. Zakot uni olishga loyiq kishilarga mulk qilib berilmaydigan barcha holatlar joiz emas. (“Mo‘minning najoti” kitobidan). Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:21 | Савол-жавоблар | 139 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar