Rohatlanib cho‘milish

Assalomu alaykum! Alloh ishlaringizdan rozi bo‘lsin. Bir necha odamlardan “ro‘zador odam rohatlanib cho‘milishi mumkin emas” deb eshitdim. Bu gap to‘g‘rimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat!

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ulamolarimiz “har bir ro‘zani ochilishiga sabab bo‘ladigan amallarni makruh” deb aytganlar. Ba’zida esa ommaning holatini e’tiborga olib, “ro‘za ochiladi” ham deyishgan. Shuning uchun ro‘zadorga ustidan suv quyishga ruxsat berib, havzalarda cho‘milishdan qaytarganlar. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:21 | Савол-жавоблар | 161 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar