Namozda ko‘zni yumish

Assalomu alaykum! Namozni ko‘zni yumib o‘qisa bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!Namozda ko‘z yumilmaydi. Bu haqida hadis bor.عَنْ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إذَا قَامَ أَحَدُكُمْ فِي الصَّلاَةِ فَلاَ يُغْمِضْ عَيْنَيْهِ. رَوَاهُ ابْنُ عَدِيٍّIbn Abbos roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Sizlardan kimda-kim namozda qoim bo‘lsa, ko‘zlarini yumib olmasin!”. Ibn Adiy rivoyati. “Tabyinul haqoiq” kitobida bu ish xushuga xalal berishi, ortiqcha harakat ekani aytilgan. Shuning uchun ulamolar namoz o‘qiyotganda ko‘zni yumib olishni makruh, deyishgan. Bu ishning makruhligi Mujohid va Qatodadan ham rivoyat qilingan. Sunnatga ko‘ra, namoz o‘qiyotgan odam qiyomda ko‘zini sajda qiladigan joyga qaratadi. Ko‘zni yumish bilan mana shu sunnat tark etilgan bo‘ladi.Banda sajda paytida ham zaruratsiz ko‘zlarini yummaydi. Ba’zilar, agar sajdada xayolini chalg‘itadigan narsalarni ko‘rib, xushuga xalal etadigan bo‘lsa, u holda ko‘zni yumish makruh emas, deyishgan (“Al-bahrur roiq”).Duo qilayotganda, tasbeh aytayotganda ko‘zni yumsa bo‘ladi. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 17:21 | Савол-жавоблар | 189 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar