3 taloq haqida

Assalomu alaykum ustoz,sizdan yana bir muhim savol haqida ya’ni taloq haqida so‘ramoqchiman.Bizning mahallada bundan 3 yil avval taloq masalasi ko‘rilgan edi shunda taloq qilgan birodarimiz ochiq oydin uch taloq qilganligini aytgan,o‘zi ilmli honadon farzandi bo‘lganligi uchun o‘sha ondan boshlab oralari buzilgan,keyin boshqa ayolga uylandi u ayol bilan ham 2 yil yashab u bilan ham ajrashdi. Shundan so‘ng bu birodarmizning amakilari 1-ayoli bilan yarashishni taklif qilibdi.O‘zlari ilimlik insonlar hammasi,taloq haqida ko‘p kitoblarni o‘qib chiqdim deydi amakilari siz mahhalla imomisiz siz ham bu narsani blib qo‘ysangiz foydadan holi bo‘lmaydi deydi,aslida 3 taloq birdaniga aytsa 1 taloq hukmiga o‘tadi deydi. Bu haqida Salohiddin Muhiddinnig "oila va shr‘iy nikohlar odobi" kitobini olib kelishdi.Haqiqatdan bu kitobda ochiq oydin 3 taloq 1 taloqqa o‘tadi deyilgan yana menga aytishdiki buni ommatan e’lon qilmang bu diniy idoraning o‘zi olgan yo‘l deyishdi.Ustoz shahsan men sizning kitoblaringizdan chetga chiqmayman har kimnig kitobini o‘qish ilmni puhta o‘rganishimiz uchun salbiy ta‘sir qiladi deb o‘ylayman.Men o‘qigan kitoblarda masalan “Kifoya”da umuman bunga yaqin keladigan so‘zni ham o‘qimaganman “Xadis va hayot”ni “nikoh va taloq” kitoobida ham Abu Sohba roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda “Umar ibn hattob odamlar o‘zlari shoshilishlari kerak bo‘lmagan narsada shoshib qoldilar deb o‘tadigan qlib qo‘ydi” deyilgan,bu sahoba ham albatta buyuk insonlardan bo‘lgan. Bu sahobani mensimaslikka o‘tib qolmaydimi Olloh bu insonni qalbiga solgandir yoki istihora qilgandir deb o‘ylayman .4 mashab ulomolari ham bir ovozdan 3 taloq 3 taloqqa o‘taqi deyishganku, ustoz shu masalaga to‘liqroq tushiincha bersangiz hozir shu birodarimiz 3 taloq qilganayoli bilan yashab yuribdida. Allohdan umringizga,dastingizga,qilayotgan hayrli ishlaringizga barokotlar tilab qolaman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mulohazalaringiz o‘rinli.

28 Апрел 2022, 17:21 | Савол-жавоблар | 276 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar