Jahriy namoz

Assalomu alaykum! Saytdagi savol javoblar orasida "nafl, avvobin kabi namozimni jahriy o‘qisam bo‘ladimi?" mazmunidagi savol javoblarga ko‘zim tushib qoldi. Savolim shuki: Namozni jahriy o‘qish deganda nima tushiniladi? Shu haqda to‘liqroq ma’lumot bersangiz. Oldindan rahmat.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Tungi nafl namozlarni jahriy o‘qisa bo‘ladi” deyishdan, o‘zi va yonidagilar eshitadigan darajada ovoz chiqarib qiroat qilishga aytilgan. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:31 | Савол-жавоблар | 162 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar