"Halolmi" deb so‘rash kifoyami?
Assalomu alaykum! Izlash xizmatidan aynan shu jumlaga doirini topa olmadim uzr. Savol: go‘sht va go‘sht mahsulotlarini, yoki taomlar ichidagi go‘shtlarni sotuvchidan “halolmi” deb so‘ralsa kifoya qiladimi? Agar halol bo‘lmasa lekin halol deb sotsa, bizga gunohi yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda ikki narsani asosiy qoida qilib olingan.
Birinchisi : Asli harom bo‘lgan narsani, shar’iy yo‘l bilan halol qilinganligi sobit bo‘lmagunicha, u haromligicha qoladi. Masalan : Go‘shti eyiladigan hayvonlar shariatga muvofiq so‘yilmasa, ulardagi oquvchi qon chiqib ketmaganligi va Allohning ismlaridan birortasi zikr qilgani topilmagani uchun u haromligicha qoladi. Tasmiya aytib so‘yilgani sobit bo‘lgach, halolga hukm qilinadi.
Ikkinchisi : Asli halol bo‘lgan narsalar biror yo‘l bilan harom qilinganligi sobit bo‘lmasa, halolligicha qoladi. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 16:31 | Савол-жавоблар | 135 | Turli savollar