Ayollarning so‘zi ham nikohga futir etkazadimi?

Assalomu alaykum! Bilamizki erkaklar ayollariga “taloq” desa nikoh buziladi. Savol: Ayollarda ham nikohga futur etkazadigan yoki nikohni buzib qo‘yadigan gaplar bormi? Agar bo‘lsa o‘sha gaplar qaysilar? Nikohni asrash va ehtiyotkorlik yuzasidan so‘rayotgan edim. Oldindan tashakkur.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar taloqning ixtiyorini ayolga berilsa, o‘sha ayol taloq borasida erning maqomida bo‘lib qoladi. Masalan “taloq borasida xohlaganingni qil” desa, shunda ayol “o‘zimni taloq qildim” yoki taloqqa dalolat qiladigan gaplarni aytsa, nikohga futur etadi. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:37 | Савол-жавоблар | 127 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar