Nimaning oqibati?
Assalamu alaykum! Tabiiyki inson hayoti davomida ko‘plab voqe’liklarni kuzatib, guvohi bo‘ladi. Ana shunday kuzatishlarimning biri quyidagicha: bir oilaning farzandlaridan biri befarzand va eridan ajrashgan, birining o‘g‘li yo‘q, oilasi umuman notinch. Yana birining eri o‘tgan yili vafot etgan edi, birining eri yaqinda vafot etdi. Bu oilaning yana bir a’zosining bolasi nogiron va hokazo. “Bir oilaning shu darajada inqirozga yuz tutishining sababi nima ekan” deb o‘ylab qolaman. Balki bu dunyodan o‘tib ketgan oila boshliqlari duoibad olishganmikin. Ota-ona duoibad olgan bo‘lsa, bolalariga shu darajada ta’sir qiladimi? Bunday holatlarda shariatning umumiy qoidalari qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning uchta o‘g‘il va to‘rt qizlari bor edi. O‘g‘illarining hammasi yoshligidayoq vafot etgan. Qizlaridan ham Rosululloh sollallohu alayhi vasallam hayotliklarida uchtasi vafot topib, yolg‘iz Fotima onamiz qolganlar. U zotning zurriyodlari faqat Fotima onamizdan davom etib kelmoqda. Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning ham o‘g‘illari yo‘q edi. Hazrati Usmon roziyallohu anhuga birin-ketin turmushga chiqqan ikki qizlari ham Abu Lahabning ikki o‘g‘liga turmushga chiqib, ajrashishgan edi. Imron ibn Husoyn roziyallohu anhu 30 yilgacha xurmo po‘stlog‘idan qilingan chorpoyada o‘rinlaridan qimirlamay yotganlar. Bir kun ukalari kelib ularning bu holatlarini ko‘rib yig‘laganlarida, u kishi “Shu bemorligim tufayli Alloh menga farishtalar bilan so‘zlashadigan qilib qo‘ydi. Ular kelib menga salom berib ketadilar” deganlar. Bu erda o‘tib ketganlarning shu narsalarga sabr qilish, o‘rni kelsa shukur qilishini ta’lim bermaganlikda ayblash mumkin. Lekin bundan boshqa holatda bu ishlarda ularning hech qanday daxldorligi yo‘q. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 16:44 | Савол-жавоблар | 131 | Turli savollar