Ruxsat bersangiz

Assalomu alaykum! Avvalambor ushbu qilayotgan xayrli ishlaringizdan Alloh O‘zi rozi bo‘lsin, kuch-quvvat va sabr toqat ato etsin. Sizlarga savollarim ko‘p, lekin hozircha menga ruxsat berishingizni so‘ramoqchiman. Men anchadan beri saytingizdan ilm olib kelaman, insha Alloh samarali bo‘lsin. Men saytingizdagi savol-javoblarni telefonimga skrin qilsam ruxsat berasizmi? Ba’zida yodimdan chiqib qoladi. Agar ijozat bersangiz juda ham minnatdor bo‘lar edim. Agar iloji bo‘lsa oldin skrin qilib olganlarimga ham rozi bo‘lsangiz. Alloh sizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh ilmingizni ziyoda qilib, bilganlariga amal qiladigan muxlis musulmonlardan qilsin. Saytning o‘zidan foydalanishingiz maqsadga muvofiq va gumondan yiroq bo‘ladi. Alloh hammamizni O‘z hidoyatida bardavom aylasin! Administrator.

26 Май 2022, 16:45 | Савол-жавоблар | 154 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar