Chorva mollaridan zakot chiqarish

Assalamu alaykum! “Zikr Ahlidan So‘rang” Hay’ati. Bir qarindoshimiz chorva mollaridan zakot chiqarmoqchi bo‘lib turibdi. Lekin ushbu chorva mollari nisobiga etganmi, yo‘qmi bilolmay turibmiz. Chorva mollari quyidagicha: qo‘ylar soni 8 ta qo‘zi va 11 ta yoshi kattalari. Qora mollar soni: 2 ta buzoq va 4 ta yoshi kattalari. Ushbu holatda zakot chiqariladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Semirtirib sotish maqsadida olingan bo‘lsa, ularning qiymatini qo‘shib, nisobga etsa zakot beriladi. Sotib olishda sut-qaymog‘idan foydalanaman deb niyat qilgan bo‘lsa, ular zakot nisobiga qo‘shilmaydi. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:45 | Савол-жавоблар | 140 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar