Aliment haqida

Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im bilan oiladagi kelishmovchiliklar tufayli 5 oydan beri birga yashamaymiz. O‘rtada 7 oylik farzandim bor, shu paytgacha u menga xech qanday moddiy yordam ko‘rsatmadi. O‘zim hishlamayman, shuning uchun sudga aliment so‘rab davo arizasini yozdim. Shunda ham erim pulni berishdan bosh tortyapti, har xil odamni diliga ozor beradigan gaplar aytyapti. Savolim shuki, erim aliment to‘lashdan bosh tortsa, lekin sud uni to‘lashga majbur qilsa, norozi bo‘lib berilgan pul farzandimga halolmi? Men shu pulni olishim joizmi yoki arizamni rad etaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rozi bo‘ladimi yoki norozi bo‘ladimi u narsa eringiz zimmasidagi bolaning haqqi hisoblanadi. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 17:43 | Савол-жавоблар | 187 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar