Hozirgi kunda, eng kam mahr miqdori

Assalomu alaykum! Alloh roziligi yo‘lida qilayotgan amallaringizga Allohni O‘zi kifoya qilsin va ajrini ziyoda qilsin. Nasib qilsa, uylanish harakatidaman. Mahr masalasida savolim bor. Hozirgi kunda eng kam mahr miqdori qancha gramm tilloni tashkil qiladi. Mahrni nikoh xutbasidan 1-2 oy oldin bersa bo‘ladimi (ya’ni bizda urf bo‘lgan oq o‘rar kunida)? Mahrga oid bilishimiz kerak bo‘lgan eng muhim ilmlardan imkon qadar bahramand qilsangiz! Qanday ham yaxshi-ya bu ilm ahli a’zolari!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mahr zakot nisobining yigirmadan biri ekani ma’lum. Siz aytgan javob savolga qarab va o‘sha vaqtdagi narx asosida aytilgan bo‘ladi. So‘mga chaqish esa, taxminiy gap. https://savollar.islom.uz/savol-4524/ Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:51 | Савол-жавоблар | 213 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar