Noodatiy tabib
Assalamu alaykum! Bizning tanishimiz “dardimizga yordam beradi” deb bir tabib ayolga borishimizni maslahat bergan edi. U erga borib shuni bildimki, bemorlarni davolash kunning aniq soatida alohida xonada bo‘ladi. Tabib ayol kirganda Alloh nomi bilan duo qilib shifo so‘raydi va har bir kasalni oldiga borib "g‘aybiy" ilmi orqali diagnoz qo‘yadi. Gaplariga qaraganda ular bemorlarga "odam"larini tushiradi. O‘sha “odam”lari Qur’on oyatlarini o‘qib davolaydi. O‘zini folbin yoki dam soluvchi emas, tabib deydi. Bemorlarni har xil hayotiy muammolarini muhokama qiladi, gap so‘zlari ilmli insonnikiga o‘xshaydi. Hadis, Qur’ondan to‘g‘ri misollar keltiradi. Lekin meni shu "odam"lari tushishi shubhaga soldi. Yana ba’zilarni issiq-sovuq qilinganmi yoki yo‘qmi shuni ham aytadi. Ba’zilarni uyiga borib "tozalash" kerak deydi. Shu tabib haqida xulosa qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalam! Ularning odamlari jin! Siz doimo tahorat bilan yuring, o‘zingiz bilgan suralarni o‘qib yuring. Mazkur odamlarning gapi noto‘g‘ri. Siz Qur’oni Karimni yaxshi yodlagan, duogo‘y odamlarga dam soldiring. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
26 Май 2022, 16:52 | Савол-жавоблар | 144 | Turli savollar