Mashinada ketayotib sajda oyatini o‘qish
Assalomu alaykum! Sajda oyatini mashinada ketayotib o‘qigan odam bilan bir joyda qimirlamay o‘tirib o‘qigan odamning hukmi bir xilmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalam! Mashinada nafl(farz namozi joiz emas) namoz o‘qib ketayotgan bo‘lsa va bitta sajda oyatini takror-takror o‘qisa, bitta sajda kifoya qiladi. Namozdan boshqa holatda har bir o‘qiganiga alohida sajda qilish vojib bo‘ladi. Aloiya kitobida “dobba(hayvon) ustida ketayotgan kishi(nafl) namoz ichida sajda oyatini takror o‘qisa, bitta sajda vojib bo‘ladi. Chunki namozda bir necha joy ham bitta joy deb hukm qilinadi. Namoz o‘qimayotgan bo‘lsa, sajda oyatini takrorlash bilan sajda ham takrorlanadi”, deyilgan. Kemada ketayotgan kishi esa, namozda ham, namozdan tashqari holatda ham sajda oyatini takrorlashi bilan, takror sajda qilishi vojib emas. Ya’ni bitta sajda kifoya qiladi. “Roddul muxtor” kitobida: “Oradagi farqning sababi shuki, ulovda ketayotgan kishi ulovning boshqaruvchisi hisoblanadi. Mabodo hayvon biror narsaga talofat etkazsa ham, mingan kishi jinoyat sodir qilgan deyiladi. Kemada esa, u boshqaruvchi emas” deyilgan. “Tanvir” kitobida “bir shoxdan boshqa shoxga ko‘chish, suvda(cho‘milganda) suzish joyni o‘zgartirish hisoblanadi. Necha bor sajda oyatini takrorlasa, o‘shancha sajda vojib bo‘ladi” deyilgan. Bundan ma’lum bo‘ladiki, mashina boshqarib ketayotgan kishi sajda oyatini takrorlashi bilan takrorlaganicha sajda kilishi vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 16:53 | Савол-жавоблар | 157 | Turli savollar