Ayollarning janozaga borishlari
Assalamu alaykum! Tanishlarining uylarida musiybat bo‘lib qolsa, shariatga muvofiq holda ayollarning ta’ziya bildirishlari qay suratda bo‘ladi? Ustozning ruhlari shod bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Musibatizadalarga ta’ziya bildirish mustahab amallardandir. Ayollarda ham erkaklardagi kabi bo‘ladi. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Kim musibatdagi odamga ta’ziya izhor qilsa, unga o‘sha musibatzadaga berilgan ajrcha ajr beriladi”, dedilar”. Termiziy, Ibn Moja va Hokim rivoyat qilishgan. Musibatzadalarning kattalariyu kichiklariga, erkagu ayollariga ta’ziya bildirilishi joiz, lekin ayollariga mahramlarigina ta’ziya bildirishlari fitnadan holiroqdir. (Almavsuatul-Fiqhiyatul-Kuvaytiyya, Quvayt, Dorus Salosil. –J. 12, –B. 288.)
26 Май 2022, 16:53 | Савол-жавоблар | 155 | Turli savollar