Kasalligim sabab namoz o‘qimadim
Assalamu alaykum! Ilmlaringiz ziyoda bo‘lsin. Operatsiya sababli 6 kun namoz o‘qiy olmadim. 6 kunlik qazo qilgan namozimni faqat farzlarini o‘qiymanmi? Bomdod namozinichi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Bismillahir Rohmanir Rohiym Kimga namoz farz bo‘lsa-yu, uni vaqtida ado etmasa, qazosini o‘qishi lozim bo‘ladi. Namozni qasdan tark qilgani uchun qattiq gunohkor bo‘ladi. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim bir namozni unutsa, bas, uni eslagan paytida o‘qib olsin. Uning bundan boshqa kafforoti yo‘qdir. «Namozni Mening zikrim uchun qoim qil», dedilar». Beshovlari rivoyat qilishgan. Muslimning rivoyatida: «Qachon birortangiz namozdan uxlab yoki g‘ofil qolsa, bas, uni eslaganda o‘qib olsin. Zero, Alloh: «Namozni Mening zikrim uchun qoim qil», deydi», deyilgan». Birinchi rivoyatda oyatdan dalil sifatida iqtibos keltirib, uning oyatligi haqida to‘xtalinmagani uning oyatligi ma’lum va mashhur bo‘lgani va gapni qisqa qilish e’tiboridandir. Imom Muslimning rivoyatida esa iqtibosning oyatdan ekanligi ochiq-oydin aytilmoqda. Ushbu ’adisda namozni unutgan yoki uxlab qolgan odam namozni qazo qilishi lozimligi ta’kidlanmoqda. Shariatda uzr hisoblangan ushbu ikki holatda ham namozni qazo qilish shart bo‘lganidan keyin, qasdan qoldirgan kishiga uni qazo qilish albatta lozimu lobuddir. Qazoni kechiktirmaslik kerak. Imkon qadar tezroq bajarishga harakat qilish lozim. Tirikchilik, zaruriy yumushlar va boshqa hojatlar uzr bo‘la oladi. Qazoni jamoat bo‘lib o‘qish mumkin. Sharti – jamoat bo‘lmoqchi bo‘lgan kishilar aynan bir vaqtning naozini qazo qilishlari kerak. O‘sha kungi Bomdodning sunnatidan boshqa sunnatlar qazo qilinmaydi. Agar qazo qilinadigan namozlar adadini bilib bo‘lmaydigan darajada ko‘p bo‘lib ketsa, zimmasidagini ado qilganiga ko‘ngli to‘lguncha qazo o‘qiydi. Bunda kishi o‘ziga oson bo‘lishi uchun avvalgi o‘qimagan namozini va oxirgi o‘qimagan namozini tayin qilib olib, o‘shanga qarab o‘qiyveradi “.eng oxirgi qoldirgan namozimning qazosini niyat qildim” deydi Quyosh chiqayotganda, qiyomga kelganda va botayotganda qazo namozi o‘qilmaydi. Bundan boshqa barcha vaqtlarda qazo namoz o‘qish mumkin.
26 Май 2022, 16:54 | Савол-жавоблар | 146 | Namoz