Chorva hayvonlarining chiqindisini sotish

Assalamu alaykum! Hozir bahor fasli kelib dehqonchilik ayni boshlangan mahal. Ekin- tikin qilinadigan erga o‘g‘it bo‘lishligi uchun mol, qo‘y chiqindisi, ya’ni go‘ng tashlanadi buni dehqonlar yaxshi biladi. Shu chiqindini sotish xarom deb eshitdim. Shu gap haqmi. Sotish va sotib olish dinimizda mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalam! Shubhasiz joiz. “Sirqinning savdosi karohiyatsiz joizdir”. “Sirqin” deb insondan boshqa jonzotning tezagidir. Insonning tezagidan esa, chirigan yoki tufroqqa aralashgan holida foydalanish joiz. (Rodul muhtor. Kitobul ibohati val hazar. 552. bet.)

26 Май 2022, 16:54 | Савол-жавоблар | 132 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar