Namoz qachon qazo bo‘ladi?
Hazrat janoblari, men musofir yurtga shartnoma asosida xizmat bilan kelganman. Juda ko‘p hollarda ish yuzasidan ya’ni ish vaqti yoki uxlab qolish natijasida (albatta bomdod namozidan tashqari) namozni keyingi namozga yaqin vaqtda o‘qiyman. Menga “bu mumkin emas, namozning vaqti uzog‘i bilan bir soat” deyishdi. Mening savolim: Namoz qachon qazo bo‘ladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bomdodning vaqti ufqda ko‘ndalang bo‘lgan fajrdan boshlab to quyosh chiqqunchadir. Peshinning vaqti har bir narsaning soyasi o‘ziga ikki barobar bo‘lguncha. Zavol paytidagi soyadan boshqa. Bir rivoyatda bir barobar deyilgan. Asrning vaqti o‘shandan quyosh botguncha. Shomniki undan to shafaq g‘oyib bo‘lguncha. U qizg‘ishlikdir va bunga fatvo berilgandir. Xufton va undan keyin Vitr mazkur vaqtdan to fajrgachadir. Ikkisiga bir xil.
26 Май 2022, 20:50 | Савол-жавоблар | 172 | Namoz