Xiyonat emasmi?

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, hozirda  Rossiyada ishlayapmiz. Biz ishlaydigan joyda ishda ishlatishimiz uchun har haftada bir juftdan latta qo‘lqoplar beriladi va biz ularni har haftada ham ishlatavermaymiz, natijada tejalib o‘zimizda ancha to‘planib qoladi. Savolim: shu to‘planib qolgan qo‘lqoplarni o‘zimizni yurtga qaytayotganimizda o‘zimiz bilan olib ketishimiz joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu qo‘lqop beruvchi odamga bog‘liq. O‘sha odam rozi bo‘lsa joiz. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 17:54 | Савол-жавоблар | 143 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar