Istixora namozi
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, ko‘p holatlarda biror jiddiy qaror ustida ikkilanib qolsam menga istixora namozini o‘qishni maslahat berishadi. Ularning aytishicha, agar men, Allohdan menga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishini so‘rab ushbu namozni o‘qisam, tushimda mushkulimning echimi ayon bo‘larmish. Shu gap rostmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!Istixora namozi«Istixora» so‘zi lug‘atda «xayr, ya’ni yaxshilikni talab qilish» degan ma’noni anglatadi. Musulmon kishi ikki ishdan qaysi birini qilishini bilmay qolganida xayrlisini tanlash uchun ikki rakat istixora namozi o‘qiydi. Bu namozni har bir muboh ishdan oldin o‘qish mustahabdir.Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bizga hamma ishlarda istixora qilishni xuddi Qur’ondan surani o‘rgatgandek o‘rgatar edilar. U zot: «Qachon biringiz bir ish qilmoqchi bo‘lsa, farz namozdan boshqa ikki rakat namoz o‘qisin. So‘ng «Allohim, albatta, Sendan ilming ila istixora qilaman. Sening qudrating ila qudrat so‘rayman. Sendan ulug‘ fazlingdan so‘rayman. Albatta, Sen qodir bo‘lursan, men qodir bo‘lmasman. Sen bilursan, men bilmasman. Sen g‘ayblarni o‘ta yaxshi biluvchi zotsan. Allohim! Agar ushbu ish dinimda, maoshimda va ishim oqibatida yaxshi ekanini bilsang (yoki hozirgi ishimdayu, kelgusida) uni menga taqdir qilgin, menga oson et, so‘ngra uni men uchun barakali qilgin. Agar ushbu ish dinimda, maoshimda va ishim oqibatida (yoki hozirgi ishimdayu kelgusida) yomon ekanini bilsang, uni mendan burib yubor, meni undan burib yubor. Va menga qaerda bo‘lsa ham yaxshilikni taqdir qil, so‘ngra meni unga rozi qil» desin va hojatini aytsin», dedilar»Imom Buxoriy, Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyat qilgan.Istixora namozidan so‘ng ushbu duo o‘qiladi: اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْتَخِيرُكَ بِعِلْمِكَ، وَأَسْتَقْدِرُكَ بِقُدْرَتِكَ، وَأَسْأَلُكَ مِنْ فَضْلِكَ الْعَظِيمِ، فَإِنَّكَ تَقْدِرُ وَلَا أَقْدِرُ، وَتَعْلَمُ وَلَا أَعْلَمُ، وَأَنْتَ عَلَّامُ الْغُيُوبِ، اللَّهُمَّ إِنْ كُنْتَ تَعْلَمُ أَنَّ هَذَا الْأَمْرَ خَيْرٌ لِي فِي دِينِي وَمَعَاشِي وَعَاقِبَةِ أَمْرِي، - عَاجِلِ أَمْرِي وَآجِلِهِ -، فَاقْدُرْهُ لِي وَيَسِّرْهُ لِي، ثُمَّ بَارِكْ لِي فِيهِ، وَإِنْ كُنْتَ تَعْلَمُ أَنَّ هَذَا الْأَمْرَ شَرٌّ لِي فِي دِينِي وَمَعَاشِي وَعَاقِبَةِ أَمْرِي، - فِي عَاجِلِ أَمْرِي وَآجِلِهِ -، فَاصْرِفْهُ عَنِّي وَاصْرِفْنِي عَنْهُ، وَاقْدُرْ لِيَ الْخَيْرَ حَيْثُ كَانَ، ثُمَّ أَرْضِنِي بِهِ «Allohumma inniy astaxiyruka bi’ilmika va astaqdiruka biqudrotika va as’aluka min fazlikal ’aziym. Fainnaka taqdiru va la aqdiru va ta’lamu va la a’lamu va anta ’allamul g‘uyub. Allohumma in kunta ta’lamu anna hazal amro xoyrun liy fiy diyniy va ma’ashiy va ’aqibati amriy, ’ajili amriy va ojilihi, faqdurhu liy va yassirhu liy, summa barik liy fiyhi va in kunta ta’lamu anna hazal amro sharrun liy fiy diyniy va ma’ashiy va ’aqibati amriy, ’ajili amriy va ojilihi fasrifhu ’anniy vaqdurlil xoyro haysu kana summa rozziniy bih» deb, hojati aytiladi.Ma’nosi: «Allohim, Sening ilming bilan Sendan yaxshilik so‘rayman. Sening qudrating bilan Sendan qodirlik va ulug‘ fazlingni so‘rayman. Sen (har narsaga) qodirsan, men qodir emasman. Sen (har narsani) biluvchisan, men bilmayman. Sen g‘aybni biluvchisan. Allohim, agar mana shu qilayotgan ishim (hojatining nomini aytadi) dinimda, yashashimda, ishlarimning oqibatida, dunyo va oxiratimda men uchun yaxshi bo‘lsa, uni menga nasib et va oson qil. So‘ng uni menga barokotli qil. Agar mana shu ishim (hojatining nomini aytadi) dinimda, yashashimda, ishlarimning oqibatida, dunyo va oxiratimda men uchun yomon bo‘lsa, mendan uni uzoqlashtir, qaerda bo‘lsa ham, men uchun yaxshilikni taqdir qil va meni undan rozi et».Duodagi «mana shu ish», degan eriga kelganda o‘z hojatini zikr qiladi, so‘ngra o‘sha ishni qilish yoki qilmaslik to‘g‘risida ko‘ngli moyil bo‘lgan tomonga harakat qiladi. Ushbu namozni o‘qigandan keyin mazkur ish haqida o‘ylamay, Alloh ixtiyor qiladigan narsani kutib yuradi. Keyin ko‘ngliga tushib, o‘ziga ma’qul bo‘lib, qilgisi kelib qolsa amalga oshiradi. Bu haqda tush ko‘rishi ham mumkin. Istixora namozida xohlagan surasini o‘qiydi. Lekin birinchi rakatida Fotiha surasidan keyin Kofirun surasini, ikkinchi rakatda Ixlos surasini o‘qisa yaxshi.Istixora duosidan ko‘zlangan maqsad shuki, bu erda banda o‘zi bilmagan narsani Allohning ilmi orqali bilishga, o‘zi qodir bo‘lmagan narsani Alloh taoloning qudrati ila bajarishga harakat qilgan bo‘ladi. Banda qilmoqchi bo‘lgan ishini o‘zi uchun juda yaxshi deb bilsada, u ishning oqibati banda uchun yaxshi bo‘lmasligi mumkin. Yoki o‘zi uchun yomon deb bilgan narsa Alloh taoloning ilmida bandaning dunyo va oxirati uchun eng foydali ish bo‘lishi mumkin. Gohida dunyosi uchun foydali bo‘lsada, dini uchun foydasiz bo‘lishi mumkin. Gohida fikr va tadbirini qilsada, uni amalga oshirishga qodir bo‘lmasligi mumkin. Istixora bilan Alloh taolodan o‘sha ishga qodir qilishi so‘ralinadi.Agar ish bir tarafga o‘tmay turib qolsa Bunday holda istixora namozini yana qaytadan o‘qiydi. Qayta o‘qish etti martagacha bo‘ladi. Anas roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga “Ey Anas qachon sen bir ishni qilmoqchi bo‘lsang u ish borasida Alloh taolodan etti martagacha istixora qilgin. So‘ng (uning natijasiga) qara. Dilinga nima solinsa o‘shani ixtiyor qil, sen uchun o‘sha narsa yaxshidir” dedilar. (Mazohiru haqq).Afzali istixorani uch kundan etti kungacha ketma-ket qilinishidir. Agar undan keyin ham qalb bir narsaga taskin topmasa, bir taraf g‘olib bo‘lgunicha istixora davom etilaveradi va ishni qilishdan to‘xtab turiladi. Aslida “istixora falon kungacha qilinsin” degan muayyan muddat yo‘q. Hatto Umar roziyallohu anhu ham bir oy ketma-ket istixora qilganlar. Agar bir oydan keyin ham sharhi sodr, ya’ni qalbi taskin topmaganida istixorani davom ettirgan bo‘lar edilar. (Rohmatullohil vasi’a).Istixoraning natijasi va maqbul bo‘lganining alomati Ulamolar istixora borasida “Istixoraning ta’siri shunchalikki, kim biror ishni qilishda ikkilanib taraddudga tushgan bo‘lsa, sunnatga muvofiq qilingan istixoradan ikki foyda bo‘ladi. 1-qalb qaysidir bir ishga hotirjam bo‘ladi. 2-qilinadigan ishning sabablarini Alloh taolo muhayyo qilib qo‘yadi” deganlar. Ba’zi ulamolar “Istixora qilgandan keyin insonning qalbi bir tarafga taskin topadi. Farazan, bir tarafga taskin topmasa ham istixoradan ko‘zlangan maqsad hosil bo‘ladi. Chunki banda istixora qilishning o‘zi bilan Alloh taolo bandaga uning foydasi uchun bo‘ladigan ishni muyassar qiladi. Mabodo kishi bir ishni yaxshi deb bilsayu, Alloh taolo unga biror to‘siqni paydo qilib bandani undan burib qo‘ysa, banda bilsinki unda yaxshilik yo‘qdir. O‘sha to‘siq istixoraning barakoti tufayli paydo bo‘lgan to‘siq hisoblanadi” deganlar.Istixora qilinganidan keyin ham ziyon ko‘rilsa Biror kishi istixora qilib qalbi taskin topganidan keyin o‘sha ishni qilib zohirida zarar ko‘rsa ham qilgan istixorasi to‘g‘risida noto‘g‘ri gumonga bormasin. Makhuul Azdiy rahmatullohi alayhdan rivoyat qilinadi : “Men Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumoning “Ba’zi vaqt inson Alloh taologa qaysi ish menga yaxshi bo‘lsa o‘shani menga nasib qilgin – deb istixora qiladi va Alloh taolo u uchun foydali bo‘lgan ishni unga nasib qiladi. Keyinchalik kishiga u ish mashaqqatli va zararli ko‘rinadi. Shunda banda norozi bo‘ladi. Lekin biroz vaqt o‘tgach Alloh taolo u uchun yaxshilikni iroda qilgani namoyon bo‘ladi. Alloh taoloning chiqargan hukmi shak-shubhasiz to‘g‘ridir, uning oqibati yaxshi ekanligi ba’zi vaqt bu dunyoda zohir bo‘lsa, ba’zi vaqt oxiratda bilinadi” deganlarni eshitdim” dedilar. (Zuhd kitobidan).Istixora borasida noto‘g‘ri tushunchalar Istixora qilish aslida juda ham oson ish. Lekin shayton shunga ham aralashgan va odamlarda bir necha noto‘g‘ri fikrlar paydo bo‘lgan. Ular o‘zlaricha ba’zi narsalarni istixoraga shart ham qilib olganlar.1-istixora faqat tunda qilinadi. Ikki rak’at namoz o‘qib hech kim bilan gaplashmasdan uxlash kerak, aks holda istixoraning foydasi bo‘lmaydi.2-o‘ng taraf bilan yotish kerak.3-qiblaga yuzlanib yotish kerak.4-uxlash bilan tushni kutish kerak.5-tushda falon rangni ko‘rsa yaxshi, falon rangni ko‘rsa yomon.6-tushida biror ulug‘ zot nima bo‘lishini bildirish kerak” deyishadi. Ba’zi kishilar istixoradan keyin osmondan biror farishta tushadi yoki biror ulug‘ zot tushga kiradi yoki kashf va ilhom bo‘ladi yoki tushda buni qil va buni qilma degan ishora bo‘ladi” deyishadi. Bularning ba’zilari bo‘lishi mumkin, lekin bo‘lishi shart emas. Hadis orqali shunday bo‘ladi degan narsa sobit
bo‘lmagan. Chunki shayton tushga kirib ko‘rsatma berishi ham mumkin. Ba’zi kitoblarda shunday gaplar kelgan bo‘lsa, tahqiq qilinmasdan yozilgan bo‘ladi. Alloh taolo musanniflarni rahmatiga olsin. Tahoratli bo‘lib, qiblaga yuzlanib, o‘ng tomon bilan yotish uxlashning odoblaridan ekanligida shak yo‘q. Lekin istixora qilgan kechasi shunday holatda bo‘lishi shart degan tushuncha noto‘g‘ridir. Shuningdek ko‘pchilik “istixora faqat juda muhim va katta ishlar to‘g‘risida yoki inson qilish-qilmaslikda ikkilanib qolgan o‘rinlardagina qilinadi” deb o‘ylashadi. Chunonchi avom xalq sanoqli o‘rinlardagina istixoradek sunnat amalni qilishga muvaffaq bo‘ladilar. Masalan nikoh, tijorat, katta narsalarni sotib olishlardagina qilishadi. Vaholanki istixoraning tarjimasidan ham ma’lumki, istixora Alloh taolodan xayr baraka tilash ishidir. Uni inson kechayu-kunduzdagi barcha ishlarida Alloh taolodan so‘rashi kerak. Xoh u qilmoqchi bo‘lgan ishi kichik yoki katta bo‘lsin, ikkilanmayotgan ham bo‘lsin, o‘zining nazdida kichik deb hisoblayotgan bo‘lsin yoki qilsa yaxshiligi aniq bo‘lsin yoki qilishga majbur bo‘lsin barchasida istixora bilan boshlasa, avvalo sunnatga amal qilgan bo‘ladi va istixoraning barakotidan nasibador bo‘ladi. Ashraf Ali Tahonaviy rahmatullohi alayh “Qachonki biror kishi menga savol bilan murojaat qilsa, javob berishdan avval biroz to‘xtayman va “Bu insonning asl holati O‘zinga ma’lum, bu kishi uchun nima foyda va nima zararligi ham O‘zinga ma’lum, buning masalasi javobi nima bo‘lishini mening qalbimga solgin, unutgan bo‘lsam eslatgin” deb Allohga bog‘lanaman” deganlar. Bu ham bir jihatdan istixora hisoblanadi.Ba’zilar o‘zlari istixora qilish o‘rniga boshqalarga istixora qildiradilar. Go‘yoki o‘zlarini o‘ta gunohkor va duosi ijobat bo‘lmaydigan kishi deb bilishadi. Shayton ularni Alloh taologa bog‘lanishlarini o‘rniga o‘zini musulmonman deganlarini avliyolar qabristoniga borib nazr niyozlar qilishlariga va ularning ruhlaridan madad so‘rashlariga etaklaydi. Boshqalarini esa, munajjim folbinlar huzuriga etaklaydi. Bunday qilish johiliyatdagi folbinlarga borib, nima qilishlariini bilib berishlariga o‘xshaydi. Ular kishilarga nimani qachon qilishni va nimani qilmasligini o‘zlaricha bir narsalarga, masalan toshga qarab yoki kaftiga qarab yoki cho‘plarga qilish qilmaslikni qog‘ozga yozib, ilib qo‘liga nima chiqsa o‘shani qilishni aytishar edi. Ularning qoldiqlari hozirda ham mavjud. Ko‘plab kishilar nikohlarini ham tug‘ilajak bolasini ham goroskop(munajjim bashorati yoki muchal)ga qarab rejalashtirashadigan bo‘lib qolishdi. Ustozimiz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohmatullohi alayh “Men Amriqoga borganimda har qadamda bir hil nomdagi kichik ofislarga duch keldim. E’tibor bersam odamlar u erga kirib savdo ham kilishmayapti, qo‘llarida biror hujjat ham yo‘q. Ameriqolik bizga hamroh bo‘lgan tarjimondan bular kimlar, nima bilan shug‘ullanishadi desam, nima deb tushintirsam ekan. Sizlarda bu kabi hizmat turi uchramasa kerak. Ular odamlarni nima qilish yoki qilmasliklarini aytib beradigan va ishlarini rejalashtirishlariga yordam beradiganlar. Sizlarda munajjim yoki folbin deganiga to‘g‘ri kelsa kerak dedi” deb aytib bergandilar. Bu mushrikona ish bizning yurtda ham harakatga kelib qoldi. Odamlar bizdan muchali falondek bo‘lsa nikohlansam bo‘ladimi deb ham so‘rab qolishmoqda.Alloh taolo bandasining tabiatidagi narsalarni yaxshi biladi. Ulardagi bu tabiatdan to‘g‘ri foydalansinlar uchun istixorani joriy qilgan. Agar boshqalarga istixora qildirish joiz bo‘lganida sahobai kiromlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga istixora qildirgan bo‘lar edilar. Chunki ular davrida sahobalardan ko‘ra dinga amal qiluvchi va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ko‘ra yaxshiroq istixora qiluvchi yo‘q edi. Shunday bo‘lsada biror bir manbada ular u zotdan istixora qilib berishlarini so‘raganlari kelmagan. Aksincha Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har bir mo‘minni o‘zi istixora qilishlariga buyurganlar. Inson qanchalik gunohkor bo‘lmasin har holda Alloh taoloning bandasidir.
Alloh taoloning “Menga duo qiling ijobat qilaman” degan xitobi unga ham tegishlidir. Shayton Alloh taoloning dargohidan quvilganda qiyomatgacha muhlat berishini va tirik qolishni so‘rab duo qildi. O‘sha holatda ham Alloh taolo uning duosini rad qilmadi. Shaytondek gunohkorning duosini qabul qilgan, bizdek gunohkorning duosini qabul qilmaydimi?! Bunday qilish Alloh taolo haqida badgumonlikdir. Duo qilish ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘rsatmalariga muvofiq bo‘lsa, Alloh taolo rad qilmaydi. Vallohu a’lam!
20 Апрел 2022, 19:04 | Савол-жавоблар | 449