Bolani emizishda Qur’on tilovati
Assalamu alaykum! Savol: Hurmatli islom.uz saytining xodimlari! Mening ayolim birinchi farzandimizga homilador. Albatta tug‘ishiga hali vaqt bor. Shunday bo‘lsa ham o‘zimni qiziqtirgan ba’zi savollarga oldindan bo‘lsada javob olmoqchi edim. Ayni damda Alloh qodir qilganicha yaxshi niyatda farzandimizga(homilaga) Qur’on tilovat qilib, hadislardan o‘qib berayabmiz. Farzandimni kelajakda solih banda bo‘lishini, qori yoki qoriya bo‘lishini Allohdan duo qilib so‘rayman. Ma’lumki farzand tug‘ilgach onasi 40 kungacha nifos holatida bo‘ladi. Mana shu paytda chaqaloqni emizib turib, Qur’on tilovat qilsa bo‘ladimi? Javobingizga va duolaringizga muhtojmiz!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalam! Nifos holatida Qur’on tilovat qilish joiz emas. Lekin disklardan Qur’on eshitish va bolaga eshittirish joiz. Alloh taolo ixlosingizga yarasha o‘ylaganingizdan ham afzaliga erishtirsin.
26 Май 2022, 16:56 | Савол-жавоблар | 197 | Turli savollar