Uzr va ruxsat so‘rash

Assalamu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Ustoz muxlislarning uzr va ruxsat so‘raganlarini ko‘rib, men ham sizdan uzr so‘rayman. Savollarga javoblaringizdan va “Islom.uz” portalidagi ma’lumotlardan o‘zim ilm olish maqsadida va yaqinlarimga ulashish maqsadida sizdan ruxsat so‘ramoqchiman. Iltimos esda saqlab qolish qiyin bo‘lganlarini kompyuterimga ko‘chirib olishga ruxsat bering. Sizning kitoblaringizni sotib olganman va Alhamdulillah ilm olmoqdaman. Mendan qarindoshlarim ham ba’zi narsalarni so‘rab turishadi. Gohida o‘zim ularga kitobingizdagi qalbimga qattiq ta’sir qilgan ma’lumotni rasmga olib, uyali telefondan ularga yuborganman. Shu ishim to‘g‘ri bo‘lganmi? Shu ishni yana takror qilsam xato qilib qo‘ymaymanmi? Vaqtingizni olganim uchun uzr. Tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
“Islom.uz” portali ma’muriyatidan so‘rang.

26 Май 2022, 16:58 | Савол-жавоблар | 139 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar