Bir nafasda o‘qish shartmi?
Assalamu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Qur’on o‘qiyotganimda ko‘p hollarda vaqf qilish mumkin bo‘lgan belgilarga kelguncha nafasim etmay qoladi. Nafas etmay qoladigan holda engilgina nafas olib davom etish mumkinmi? Yoki bir nafasda o‘qish shart qilinganmi? Sizdek ilm-ma’rifat bulog‘i shayx-ul islom bilan hamzamon qilgan Alloh taologa O‘zining ulug‘ligi va buyukligi qadar hamdu sano bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qori tilovat asnosida xohlagan joyda to‘xtab nafas olib, xohlagan joyidan boshlab ketishi mumkin emas. Bu borada ko‘proq ma’noga qaraladi. Shuning uchun qori vaqf va ibtido ilmini bilishi shart. Aslida Qur’oni Karim etuk ustozdan o‘rganiladi. Unda qaerda vaqf va ibtido qilishni ham, odatda, o‘sha ustoz ta’lim beradi. Sizning holatingizda zamonamizning mashhur Mahmud Xalil Husoriy, Muhammad Siddiq Minshaviy kabi qorilarining audiolarini ko‘p eshitib o‘rganishlik tavsiya qilinadi.
26 Май 2022, 16:59 | Савол-жавоблар | 145 | Qur’oni karim