Elektron savdo qilish uchun targ‘ibotchi

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari!Elektron kitob ishlab chiqaruvchining kitobini sotish uchun mijoz taklif qilsam va savdo bo‘lgan holda menga kelishilgan o‘z ulushimni beradi. Menga ishlab chiqaruvchi o‘z maxsus sayti orqali hamkorlik ssilkamni beradi. Bu maxsus sayt - "Internet do‘koni" deb ataladi. Men odamlarni internet do‘koniga shu kitob haqida xabardor bo‘lishlari uchun taklif qilaman. Mening maxsus ssilkam orqali qachon nechta odam kirib elektron kitob haqida xabardor bo‘lganini va mijozlarning orasidan nechtasi savdo qilganini kuzatib turaman. Bunday ssilkalar men kabi odamlar uchun har kimda alohida bo‘ladi. Hech kimni hech kim alday olmaydi. Men uchun bu ishim halolmi? Izoh: Savol paydo bo‘lishining sababi MLMdir. Yuqoridagi holatda men va mijozga talab yoki shartlar qo‘yilmaydi, MLMda esa shart qo‘yiladi. Savdoga qo‘yilgan narsa va xizmatlar halol pok, sotilgan narsani berish va olish imkoni bor. Misol uchun elektron kitobning pulini to‘laganidan keyin, uni xaridorga berish imkoniyati bor.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bo‘ladi.

26 Май 2022, 16:59 | Савол-жавоблар | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar