Alloh so‘zini Olloh desa xatomi?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ma’lumki biz o‘zbeklarda Alloh so‘zini Olloh deb talaffuz qilishga moyillik bor. Ba’zan namoz o‘qiyotganimizda yoki azon va iqomat aytayotganimizda ham shunday talaffuz qilib yuboramiz. Hatto murattab qorilarimizda ham ba’zida shunday talaffuz uchrab turishiga guvoh bo‘lganmiz. Savolim shuki, yolg‘iz yoki jamoat bo‘lib namoz o‘qiyotganimizda takbirlarni Ollohu Akbar deb talaffuz qilib qo‘ysak namozga putur etmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Vojib ikki qismga bo‘linadi. Birinchi shariat tomonidan belgilangan vojib, ikkinchi fan tomonidan belgilangan vojib. Tajvidga amal qilish tajvid fanida vojib deyilgan. Namoz buzilmaydigan darajadagisini bilish shariatda ham vojib albatta. Arab tili o‘ta darajada ko‘p ma’no va ko‘p so‘z egasi bo‘lgani uchun boshqa tillar uning oldida ojiz qolishadi. Alloh taolo bekorga Qur’oni karim uchun bu tilni tanlamagan. Boshqa har qanday til uning oldida kambag‘al bo‘lib qoladi. Tarjima qilishda ham arab tilidagi ma’nolarga so‘z topilmay qoladi. Shunday o‘rinlarda ulamolarimiz ma’noni ham lafzni ham o‘z holicha olib tushintirish uchun sharh qilib qo‘yaverganlar. Bora-bora boshqa tillar ham ular orqali boyib borishgan. Keyinchalik boshqa xalqlar ma’noni qoldirib o‘zlariga oson talaffuzni ixtiyor qilishdi. Bunday qilish ba’zi o‘rinlarda xato bo‘lmasada, ba’zi o‘rinlarda qo‘pol xatoga sabab bo‘lgan. Chunki vaqtlar o‘tib xalq ichidagi talaffuzlar yozuvga ham o‘shanday ko‘chiriladigan bo‘lib qoldi. Bunga oddiy misol rus tilida so‘zlashuvchilar salovot aytsalar “Sollallohu” ni “Sollyallohu alayhi vasallyam” deb yozishni boshlashdi. E’tibor bersak “Solla” so‘zi “Sollya”ga, Alloh taolo lafzi esa, “Yallohu” bo‘lib qoldi. Arab tilida “Sollya” biror ma’noni anglatmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shariat istolohini o‘zgartirmaslikka buyurganlar. عَبْدُ اللهِ الْمُزَنِيُّ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «لَا تَغْلِبَنَّكُمُ الْأَعْرَابُ عَلَى اسْمِ صَلَاتِكُمُ الْمَغْرِبِ». قَالَ: الْأَعْرَابُ وَتَقُولُ هِيَ الْعِشَاءُ Abdulloh Muzaniy roziyallohu anhu so‘zlab berdi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «A’robiylar shom namozingizning ismida sizlardan ustun kelmasin», dedilar».
(Abdulloh) dedi: «A’robiylar «U(mag‘ribni) – Ishaa’(xufton)», deyishardi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy).
Shuning uchun shariat istilohlarining talaffuzini ham arabcha qilishga odatlanish kerak. Alloh va Olloh talaffuzini ko‘pchilik ulamolar to‘g‘ri deyishgan. Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 17:54 | Савол-жавоблар | 224 | Namoz