Jamoat namozi va imomga iqtido qilmoq

Hazrat bizning masjidimizning imom noibi ham qori, ham ilmli. U kishi masjidda o‘zlari bo‘lsalar, doimo imomlikka o‘zlari o‘tadi. Lekin Qur’onni katta tajvid ustozlaridan o‘tkazmaganlari sababli, harflarni aniq mahrajidan chiqara olmaydi. Ba’zida e’roblar ham o‘zgarib qoladi, lekin arabcha ma’noni buzmaydi. Chunki u kishini ba’zi ilmli odamlar ham imomlikka o‘tkazib, o‘zlari iqtido qilishadi. Men u kishining xatolarini bilganim uchun iqtido qilmayman. Men yoshligimdan buyon "R" harfini yaxshi chiqara olmayman. Men “jamoatning savobidan bebahra qolayabman” deb siqilayabman. Odamlar mendan har xil gumonga borishayabdi. Men “arab bo‘lmaganlarga tajviddan engillik bor” deb eshitdim. Buning tafsiloti qanday ekanligini bilmadim. Men mazkur imomga iqtido qilishim joizmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Joiz.

26 Май 2022, 17:01 | Савол-жавоблар | 157 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar