Juma namozini o‘qishda muammolar

Men hozir Korea davlatida shartnoma asosida ishlayman. Shartnomada 5 marta ish almashtirish mumkin. Hozirda men 3 marta almashtirdim. 1-si jum’aga ruxsat bermagan, 2-si ish juda og‘ir, 3-si hajga bormoq uchun chiqqanman 4-sida hozir ishlayapman. Juda chekka joydaligi uchun jum’aga chiqolmayapmiz. Biz ikki kishimiz, 5 vaqt namozga sharoit yaxshi, lekin jum’a namoziga masjidga borish uchun 5, 6 soat vaqt kerak. Bunga boshliq ruxsat bermaydi. Men yana ikki marta ish almashtirishim mumkin. Shu holatda peshin o‘qisak jum’a bizdan soqit bo‘ladimi? Yoki ikki kishi juma o‘qisak ham bo‘ladimi? Yoki ish almashtiraylikmi? Iltimos ustoz, men izlash xizmatidan foydalandim, lekin mening holatimga o‘xshashini topmadim. Buni do‘stlarimga aytsam, “dinda chuqur ketmang” deyapti. Shu to‘g‘rimi? Ilmsizman, batafsil tushuntirib bersangiz iltimos. Ustoz, saytga birinchi a’zo bo‘lishim. Bu ikkinchi maktubim. Birinchi xatim xatoligi uchun etib bormadi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Peshin o‘qilsa, sizlar uchun, joiz.

26 Май 2022, 17:08 | Савол-жавоблар | 171 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar