Musulmon bo‘lmaganning nomidan ehson yoki sadaqa qilish

Men paynetda ishlayman. Ba’zida kelgan odamlar noto‘g‘ri raqam aytib, ketib qoladi. Natijada u raqam umuman yo‘q bo‘lib, o‘sha pul hech kimga tushmaydi. Yoki boshqa sabablar bilan menda ortiqcha pul qoladi. Uzoqqa ketib qolmasa chaqiraman, agar ketib qolsa bir necha kun kutaman. Ularning deyarli ko‘pchiligi qaytib kelmaydi. Shunda u pulni masjidga yoki biror kimga sadaqa qilib yuborsa bo‘ladimi? Agar boshqa dindagi odamning puli bo‘lsa uning nomidan sadaqa qilish joizmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Haromdan qutilish uchun o‘ta kambag‘al odamga beriladi. Birovning nomidan sadaqa qilish uchun emas. Haq egasi mo‘min musulmon bo‘lsa, savobi tegadi.

26 Май 2022, 17:08 | Савол-жавоблар | 171 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar