Kasbdagi holat

Ushbu savolning javobini sizdan so‘rab berishimni iltimos qilishdi. Savol: Men Amerika Qo‘shma Shtatlarida og‘ir yuk avto-ulovini haydayman. Bunda men odamlarning uyini bir shtatdan boshqa bir shtatga ko‘chiraman. Bunda asosan uy jihozlari va mebellar bo‘ladi. Hammasi taxlab qutilarga solingan bo‘lib, ularning ichida nima borligi menga ayon emas. Lekin shunday holatlar bo‘ladiki, men hamma(taxminan 1000 kub metr atrofida) yukni ortib bo‘lganimdan keyin, uyning egasi bitta qutichani olib chiqib, “buning ichida shishada 1 yoki 2 ta alkagol(yoki shunday shar’iy harom bo‘lgan narsa) bor, shu sinmasdan borishi kerak” deb aytadi. Ular harom nimaligini bilmaydi, men “bu qutini olmayman” desam, “bo‘lmasa hamma yukni tushir” deb turib oladi. Mabodo yukni olmasam, birinchidan men ishlaydigan firmaga nisbatan shikoyat tushadi(bunaqa shikoyatlar ma’lum miqdorga etishi bilan firma yopiladi, ya’ni davlat ishlagani qo‘ymaydi). Shunday holatda men yukni ko‘chirib bersam gunohkor bo‘lib qolamanmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qalbdan inkor qiling. Gunohi egasiga bo‘ladi.

26 Май 2022, 17:09 | Савол-жавоблар | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar