Barcha musulmonlarga! Axborat jangiga aldanib qolmaylik…

Bugungi kunda hamma musulmonlarni ko‘p o‘ylab qolishga undaydigan, kimga ishonishga qiynaydigan "informatsionnaya borba" ketmoqda. Internetda har kuni jang, musulmonlar bilan musulmonlar talashib tortishgan. Jihodchilar jihod farzligini isbotlasa, boshqa muslimlar yurgandan o‘tirgan afzalligini oqlashadi. Kimga ishonishni bilmaydi odam. Aslida hozirgi tushunmovchiliklar ko‘payib ketgan paytda, aslida, yurgandan o‘tirgan afzal, menimcha. “youtube”da bir video ko‘rdim, 2 ta qirg‘iz muholifatga qo‘shilgani uchun Suriyada qo‘lga tushgan. Rus muxbiri savol bermoqda: “xabaringlar bormi, Suriya qonuni bo‘yicha sizlar o‘limga hukm qilinasizlar desa, o‘zimizni qirg‘izlar xayron”. Tasavvur qiling, nimalar o‘tmayapti ularni hayolidan. Qachondir, muslimlar tinch yashayotgan hudud bugun qanday holga tushdi. Suriyaliklarga qanday zug‘m qilinganligini bilmadimu, ammo B. Asad ularga namoz o‘qimanglar degan buyruq bermagan bo‘lsa kerak. Kofir bo‘linglar demagan bo‘lsa kerak?! Mujohidlar G‘arbni, demokratiyani nuqul la’natlashadi-yu, ammo qo‘llaridagi qurollarini kimdan olishayotganini aytishmaydi, qo‘g‘irchoq bo‘lishayotganini tan olishmaydi. Ular safiga aldanib kirib qolganlar juda ko‘p. Lekin, o‘ylanglar, nega ular aynan musulmonlar yurtida jihod qilishmoqda. Yaqinda Charlie Hebdo chiqdi. Yana bir siyosiy sahna ko‘rinishi. Kim o‘z ko‘zi bilan ko‘ribdi shularni 2 ta arab o‘ldirganini. O‘ylash kerak, bu sahna kimga va nimaga kerak edi, nimaga xizmat qiladi borib-borib. Axborot jangi shu qadar yolg‘onga to‘laki, butun insoniyatni boshqarayabdi shu vosita. Abu Bakr halifa bo‘lganda, muxolifat Aliga kelib, qarshi chiqishni aytishadi. Chunki Ali Payg‘ambarimizning qarindoshi-da. Shunda azon saslari eshitiladi. Ali Fotima onamizga aytadilar: “shu ovozlar to‘xtatishini xohlaysizmi? Fotima “yo‘q” deydilar. Shunda Ali: “Agar Abu Bakrga qarshi chiqsam, musulmonlar qirilib ketadi” dedilar.  
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
To‘g‘ri gap!

26 Май 2022, 17:15 | Савол-жавоблар | 159 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar