Najiyulloh ismi haqida

Ukamning ismini “Najiyulloh” deb qo‘yganmiz. Adashmasam bu payg‘ambarimizning ismlari ekan. Ko‘pchilik bolaga “og‘ir ism qo‘yibsizlar” deb dilni xira qilishadi. Lekin ukam juda zehnli, ziyoli farzand bo‘lib katta bo‘layapti. Ba’zilar “qo‘shimcha qo‘shib ismni sal o‘zgartirib qo‘yish kerak edi” deyishadi. Ukamga shu ismni qo‘yib noto‘g‘ri ish qilib qo‘ymadikmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ismni qo‘yishdan oldin yaxshilab o‘rganish kerak. Qo‘yib bo‘lgandan keyin emas.

26 Май 2022, 17:15 | Савол-жавоблар | 196 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar