Mening ish haqim halolmi
Men ancha vaqt ish qidirib sizning duolaringiz bilan bir tashkilotga ishga kirdim. Salkam 5 oydan buyon ushbu joyda ishlamoqdaman. Bir oz ishlab men tashkilotning rahbari (imzo qo‘yish huquqi bilan) bo‘ldim. Tashkilotimiz asosiy ishdan tashqari boshqa korxonalarning hisob raqamlaridagi pullarni foiz olish hisobiga naqd pul qilib berish bilan shug‘ullanishini bildim. Tashkilot egasi (Uchreditel) bir kuni ish bo‘yicha sherigim bilan suhbat asnosida barcha harajatlar, shu jumladan biz xodimlarning oylik maoshlarimiz ham ushbu foiz hisobidan ekanligi to‘g‘risida gapirdi. Men ularga “pulni naqd qilishda foiz olish ribo” desam, “tashkilot asosiy ishdan emas shundan yaxshi foyda oladi” deb o‘zlarini oqlashdi. Men shu kundan boshlab halovatimni yo‘qotib, topayotgan pulimning halolligidan shubha qilib qoldim. Iltimos tavsiya bersangiz men ishdan bo‘shab ketaymi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘sha erning o‘zida riboga aralashmaydigan ish qilsangiz ham bo‘ladi.
26 Май 2022, 17:18 | Савол-жавоблар | 142 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘sha erning o‘zida riboga aralashmaydigan ish qilsangiz ham bo‘ladi.
26 Май 2022, 17:18 | Савол-жавоблар | 142 | Turli savollar