Gumon tinchlik bermayapti

Bu boradagi ko‘p javoblarni o‘zimnikiga solishtirib, ikki holatga aloqador xulosaga kelib qolayapman. Men bir ishlab chiqaruvchining mahsulotini sotaman. Mahsulot narxi so‘mda, ammo aslida tan narx chet el valyutasiga bog‘liq. Sababi, mahsulot xom ashyosi chet eldan olinadi. O‘z o‘zidan chet el valyutasining o‘zbek so‘miga nisbatan qiymati oshib ketdi. Mahsulot ham oshib qoldi. Bu erda mening qiynalgan joyim, mahsulotni nasiyaga ham berganman va u nasiyalarni vaqtida berishmagan. Hozir berishgan taqdirda ham, mol bergan paytda o‘sha pul miqdoriga qancha mahsulot olishim mumkin bo‘lgan bo‘lsa, hozir mahsulot narxi oshganligi sababli o‘shancha mahsulot ololmayman. Achinarlisi qarzdorlarning ko‘pi qarzini berishni atayin cho‘zishgan. Men bo‘lsam o‘sha paytda molning qiymatini o‘zbek so‘mida qoldirganman. Agar men hozir o‘sha molning qiymatini valyutada olsam, savdodagi katta ziyondan qutulib qolaman. Lekin so‘mdagi qarz miqdori ko‘payib qoladi. Bu esa riboga o‘xshab qolmoqda. Nima qilay ustoz?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ulamolar pulning qadrsizlanishi 33% dan ko‘p bo‘lsa, ruxsat berishgan.

26 Май 2022, 17:24 | Савол-жавоблар | 160 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar