Sadaqaning chegarasi
Amakimning qudasini davolanishiga katta mablag‘ kerak ekan, “ularda imkon yo‘q” deyilganiga guvoh bo‘lib qolganman. O‘sha payt menda pul bor edi, lekin indamaganman. Keyinroq u kishi yosh vafot etdilar. Yana shunday vaziyatdan biri, opamizning ikki nafar farzandi oliy yurtlarda ta’lim olishadi, bu ham mablag‘ga bog‘liq. Ular esa qiynalishadi. Qo‘ldan kelganicha yordam beriladi. Shunga o‘xshash holatlar qarindoshlarda, do‘stlarda va qo‘shnilarda juda ko‘p uchraydi. Kitoblaringizda “oldin o‘zining, vojib bo‘lgan ota-onasining va ahli-ayolning hojatini ado qilib keyin boshqalarga”, deyilgan. Aql ham shuni taqozo qiladi. Misol uchun, o‘sha bemor kishiga bermasdan uyimizda qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rdik, behudaga ishlatganimiz yo‘q albatta. Ana endi, o‘zining ehtiyojidan ham boshqalarni manfaatini ustun qo‘yish kitoblarda madh qilingani ham sir emas. O‘zi tang holatda bo‘la turib, do‘stiga, hatto begonaga berganlar haqidagi rivoyatlar bir talay. Vijdoning qiynaladi. Buni o‘rtasi bormi yoki bu narsa taqvoga bog‘liqmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Farz va vojib bo‘lsa, beriladi. Zakot va fitr sadasi kabi. Qolgani mulkdorning ixtiyorida.
26 Май 2022, 17:33 | Савол-жавоблар | 153 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Farz va vojib bo‘lsa, beriladi. Zakot va fitr sadasi kabi. Qolgani mulkdorning ixtiyorida.
26 Май 2022, 17:33 | Савол-жавоблар | 153 | Turli savollar