Birodarim berayotgan pulni olsam bo‘ladimi?

Menda bir mavzu ustida ikkita savol tug‘ildi. Bir birodarim shahar bo‘yicha sut mahsulotlarini tarqatadi. Mana shu ishini yuritish uchun otasidan pul olib, sherik bilan taxminan bir xil pul tikkan.(Sheriginiki sal ko‘proq). Gap shundaki, u bu pulni otasidan faqat ko‘paytirib berish uchun olgan. Ya’ni otasi zarariga ko‘nmaydi. Bir olimdan hadis eshitgandim "bola va uning mulki otasinikidir" deb. Lekin bu ishda sherigi ham borku? Sherigiga bu ribo bo‘lmaydimi? Mana shu birodarim menga pul berishni nazr qilgan ekan olsam bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Otasining pulini o‘g‘li ishlatsa, bo‘ladi. U qarz emas. Siz undan nazr olsangiz bo‘ladi.

26 Май 2022, 17:34 | Савол-жавоблар | 131 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar