Singlimning holatidan iztirobdaman
Aslida menga bu savolni berish juda qiyin. Ustoz meni 19 yoshli singlim bor. Uni juda yaxshi ko‘rar edim, musofir yurtga ketganimda singlim 15 yoshda edi. Safardan qaytganimda singlimni ko‘rib qalbim og‘rib qoldi. Chunki uning xulqi, kiyinishlari juda ham o‘zgarib ketgan edi. Keyin o‘yladim “singlim ham, yurtimizdagi ko‘p qizlarga o‘xshab bolalar bilan sevishib yurishga qiziqishi bo‘lsa kerak” dedim o‘zimga. O‘ylaganimdek bo‘lib chiqdi. Juda ham tushkunlikka tushib qoldim. Namozlarimda xayolim qochgan, kasbim ham, tirikchiligim ham, qiziqtirmay qo‘ydi. O‘sha bola bilan gaplashdim. “Boshqa qaytarilmaydi” deb va’da berdi. Singlimga diniy va dunyoviy tushuntirdim, bu ishlari xorlik bilan tugashini aytdim. Nima qilishimni bilmay qoldim. Shuning uchun sizga murojaat qilayapman. Balki, mening vaziyatimga tushib qolgan aka-ukalar ko‘pdir, ular ham javoblaringizdan to‘g‘ri yo‘l topsalar, hammamiz uchun yaxshi bo‘lar edi degan umiddaman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Unga dinimiz haqida ma’lumotlar berishni davom ettiring. O‘zingizga yaqin tutib, e’tiqod, ibodat va odob axloqni o‘rgating.
26 Май 2022, 17:35 | Савол-жавоблар | 164 | Turli savollar