“Mo‘minning me’roji” kitobidan savol

Alloh taologa hamdlar bo‘lsinki siz aziz ustozimizni barcha kitoblaringizni o‘qib boraman. Navbatdagi kitobingizni o‘qish davomida bir savol paydo bo‘lib qoldi. "Mo‘minning me’roji" kitobingizning 106-betida "Namozning vojiblari" keltiriladi. Shu erda "farz namozlarining ikki rak’atida, vitr, sunnat va nafl namozlarining hamma rak’atlarida Fotiha surasini o‘qish" deb keltirilgan. Meni o‘ylantirgani “farz namozlarining ikki rak’atidagina “Fotiha” surasini o‘qish” deyilgani. Uch to‘rt rak’atli farz namozlarida masalan shom va xufton namozlarida uchinchi yoki to‘rtinchi rak’atlarda “Fotiha” surasi o‘qilmaydimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘qiladi. Ammo hukmi vojib emas. “Vojib emas” degani, “o‘qilmaydi” degani emas.

26 Май 2022, 17:37 | Савол-жавоблар | 158 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar