Ortib qolgan dorilardan foydalansak bo‘ladimi?

Nogironligim tufayli ayolimga hamshiralikda ishlashiga ruxsat berganman. Navbatchilik vaqtini topshirganidan keyin qoldiq dorilar, perchatkalar ortib qolar ekan. Agar ortgan dorilarni boshliqlari bilsa, tushuntirish xati yozdirar ekan, shuning uchun uyga olib keladi. Men “nimaga ortib qoladi” desam, ayrim kasallar ukol qildirmas ekan, boshqalari o‘zini dorisini qildirar ekan, ba’zida ko‘p berib yuborar ekan. Hozirda uyda 100 taga yaqin perchatka bilan dorilar ham yig‘ilib qolgan. “Sotib ehtiyojlarimizga ishlataman” deyapti. Bu ishni sizning maslahatingizdan kelib chiqib, biror narsa qilishni aytdim. Nima qilsak shariatga muvofiq bo‘ladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Egalari rozi bo‘lsa, ruxsat bo‘ladi.

26 Май 2022, 17:38 | Савол-жавоблар | 129 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar