Texnikada mexanik yo‘l bilan so‘yilgan tovuq halolmi?

AQShdagi Vashington Islomiy jamiyati AQShdagi tovuq ishlab chiqaradigan va hozirda O‘zbekistonga eksport qilmoqchi bo‘lgan bir kompaniyaga “halol” sertifikatini berar ekan. Ushbu jamiyatni “halol” sertifikat berish standarti va tartibida tovuqni “mexanik so‘yuvchi mashina” qassobning nazoratidagi ish asbobi hisoblanib, mashinaning mexanik pichoq o‘tkir bo‘lib, tovuq bo‘ynining old qismidan bir marta tortganda so‘yishi, mexanik so‘yishni ushbu “xalol” sertifikatni beruvchi jamiyat tekshiruvchisi tomonidan monitoring qilinishi va boshqa shartlarga amal qilgan holda, tovuq mexanik yo‘l bilan so‘yilsa ham “halol” sertifikati berilishi ko‘rsatilgan. Xalqimizni halol tovuq bilan ta’minlash maqsadida, yuqoridagi aytilgan kompaniyadagi mexanik yo‘l bilan so‘yilgan tovuqlarni “halol” yoki “harom”ligi, hamda ushbu kompaniyaga yuqorida aytib o‘tilgan jamiyat tarafidan berilgan “halol” sertifikatni to‘g‘ri deb qabul qilish yoki qabul qilmaslik to‘g‘risida sizning fatvoingizga juda muhtojmiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bismillahni aytib, shariatga muvofiq so‘ygan bo‘lsa, halol bo‘ladi. Jarayonni ko‘rmay turib, aniq bilmay turib hech kim sizga fatvo bera olmaydi. Mexanik so‘yishda ko‘pgina nuqsonlar bor.

26 Май 2022, 17:41 | Савол-жавоблар | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar