“Uch taloqqa yo‘l bor” deyishayapti, shu rostmi?

Turmush o‘rtog‘imning ikki marotaba uning xiyonati sababli, o‘rtada janjal bo‘lgan paytda ular menga “Uch taloqsan, uch taloqsan” dedilar. Bir yildan buyon bir uyda yashaymiz. Ammo yaqinlik yo‘q. Sababi, men taloqdan so‘ng yarashishni istamayapman. Ota onam va turmush o‘rtog‘im yarashishimizni istashadi. Men esa qarshiman. Chunki xiyonatni kechirolmayman va turmush o‘rtog‘imga nisbatan ishonchni yo‘qotganman. Uch taloqdan so‘ng ayol kishi boshqa erkakka turmushga chiqib, u kishi ham qachon taloq aytgandan so‘ngragina qaytishi mumkinligini ta’kidladim. Ammo ularning aytishicha, qaytadan nikoh o‘qitsa bo‘lar ekan. Shu rostmi ? Maslahat bering.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Diniy idoraga boringlar.

26 Май 2022, 17:43 | Савол-жавоблар | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar