Ofitsant bo‘lib ishlasam bo‘ladimi?
Ustoz, men oliy o‘quv yurtida magistratura bo‘limida tahsil olaman. Oilam bor, yaqinda farzandli bo‘laman, inshaAlloh. Asli Buxorolikman, Toshkentda ijarada oilam bilan yashayman, ya’ni ayolim bilan. Ehtiyojlar uchun pul topish maqsadida, bir restorantga ishga kirmoqchi bo‘ldim. Bu restoran asosan xorijlik mehmonlarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan milliy restoran. Bilishimcha, u erda spirtli ichimliklar ham sotiladi. Mening vazifam mehmonlarga xizmat qilish, ya’ni ofitsantlik. Shu ishdan olgan haqqimga harom aralashib qoladimi? O‘zimni bu ishga ko‘nglim bo‘lmayapti, ammo pulga muhtojman. Maktabdan ish so‘ragan edim, o‘qishdagi grafigimga mos kelmas ekan, darslarni qoldirolmayman. Maslahat bering, nima qilsam bo‘ladi? Ozgina sabr qilaymi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Spirtli ichimliklar ham sotilsa, bo‘lmaydi.
26 Май 2022, 17:52 | Савол-жавоблар | 169 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Spirtli ichimliklar ham sotilsa, bo‘lmaydi.
26 Май 2022, 17:52 | Савол-жавоблар | 169 | Turli savollar